Organizmdagi selen vitaminlar, fermentlar va biologik membranalar bilan o'zaro ta'sirlashib, moddalar almashinuvini tartibga solishda, yog'lar, oqsillar va uglevodlar almashinuvida, shuningdek, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Selen organizmdagi 30 dan ortiq hayotiy jihatdan muhim bo’lgan biologik faol birikmalarning ajralmas qismidir. Selen organizmning antioksidant-antiradikal himoya tizimi fermentlarining faol markaziga, nuklein kislotalar, lipidlar, gormonlar almashinuviga kiradi.
Tadqiqotlarga ko'ra, selen immun tizimining normal ishlashi uchun zarurdir. U virusli infektsiyalarga, shu jumladan, OIVga qarshi kurashish mexanizmlarida ishtirok etadi. OIV bilan kasallangan bemorlarda kasallikning OITSga o'tishini sekinlashtirishi tasdiqlangan.
Selen kuchli saratonga qarshi vosita sifatida, shuningdek, ko’plab kasalliklarning oldini olish uchun ishlatiladi. DNKni tiklash, apoptoz, endokrin va immun tizimlari va boshqa mexanizmlarga, shu jumladan, antioksidant xususiyatlariga ta'siri tufayli, selen, saraton kasalligining oldini olishda rol o'ynashi mumkin. Tadqiqotlarga ko'ra, kuniga 200 mkg selenni qabul qilish to'g'ri ichak va yo'g'on ichak saratoni xavfini 58 %ga, prostata o'smalari xavfini - 63 %ga, o'pka saratoni xavfini - 46 %ga, saraton kasalligidan o'limni 39 %ga kamaytiradi.
Selenning kam konsentratsiyalari gistaminni bosadi va shuning uchun anti-distrofik va antiallergik ta'sirga ega. Shuningdek, selen, to'qimalarning proliferatsiyasini rag'batlantiradi, jinsiy bezlar, yurak, qalqonsimon bez faoliyati va immun tizimini yaxshilaydi.
Yod bilan birgalikda selen yod tanqisligi kasalliklari va qalqonsimon bez patologiyalarini davolash uchun ishlatiladi.